Jahon | 20:48 / 07.04.2018
33590
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada odamlar yuk mashinasida bosib ketildi 

Foto: AP/ Dpa

Germaniyaning janubidagi Myunster shahrida yuk mashinasi odamlarni bosib ketishi oqibatida 50 ga yaqin odam jabr ko‘rdi. 

Ma'lum qilinishicha, yuk mashinasi haydovchisi shahar markazidagi ko‘chada kafe stollari atrofida o‘tirgan odamlarni bosib ketgan. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan, 6 nafar jarohatlanganning ahvoli og‘ir. Politsiya voqeani terakt sifatida tasniflamoqda. 

Voqea joyida maxsus operatsiya olib borilmoqda. Politsiya shahar markazini to‘sib qo‘ygan. Ta'kidlanishicha, politsiyachilar portlovchi modda qidirishmoqda. 

Foto: Twitter/kricketkrackel
Foto: Twitter/kricketkrackel
Foto: BBC

Oxirgi ikki yilda Yevropada piyodalarning qasddan mashinada bosib ketilishi holatlari ko‘plab yuz berdi. Ushbu hujumlar odatda markaziy maydonlarda ommaviy tadbirlar vaqtida amalga oshiriladi va ko‘plab qurbonlarga olib keladi. Bunday hujumlar Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda sodir etilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid