Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjidda o‘g‘irlik qilgan shaxsning harakati videotasmaga muhrlandi
Shunday insonlar bo‘ladiki, harom ishlarni istagan joyda, hatto Allohning uyi - masjidlarda ham qilishdan tonishmaydi.
Joriy yilning 24 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan Minor masjidida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Sudlanuvchi Sh. ismli shaxs masjid tahoratxonasiga kirib, peshin namozini o‘qish uchun tahorat qilib bo‘lgach, jabrlanuvchi A. ismli shaxsning 650 ming so‘m pulini ilgakka ilingan kiyimidan o‘g‘irlab ketgan. Jabrlanuvchi namozdan so‘ng masjid ma'muriyatiga murojaat qilgan. Ular o‘sha kungi kamera yozuvlarini ko‘zdan kechirishgach, o‘g‘ri kim ekanligini eslab qolishgan. Ikki haftadan so‘ng o‘g‘ri yana masjidga qaytib kelgan. Shu vaqtda u qo‘lga olindi.
Hozirda surishtiruv-tergov ishlari yakunlanib, ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rilmoqda. Ishni olib borayotgan sudya Mirzaxanov A.X.ning aytishicha, mazkur shaxs muqaddam sudlangan bo‘lib, uning o‘talmagan jazosi mavjud bo‘lgan. Sud mazkur holat yuzasidan, albatta, barcha jihatlar hisobga olinishini aytib o‘tdi.
Sud hukmi 9 aprel kuni o‘qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:59 / 24.11.2025
Toshkent, Navoiy va Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishida peshqadam
10:27 / 14.11.2025
Toshkent Markaziy Osiyo rahbarlarining yettinchi sammitiga mezbonlik qiladi
12:46 / 11.11.2025
Toshkentda chiqindi qarzi tufayli 6 ming abonentning elektr to‘lovi vaqtincha cheklandi
15:01 / 10.11.2025