Jamiyat | 00:18 / 07.04.2018
8177
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati tanqidiy baholandi

Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2018 yilning birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vazirining harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, kengash a'zolari va uning mintaqaviy bo‘linmalari raislari, harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonligi va shaxsiy tarkib bilan bevosita ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda ishlarni tashkillashtirish uchun ma'sul bo‘lgan ofitserlar ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda kengash va mintaqaviy bo‘linmalar faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kengash oldida turgan vazifalar, Yosharni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma'ruzalar tinglandi. Unda Jamoatchilik kengashining ayrim a'zolari hamda mintaqaviy bo‘linma a'zolarining faoliyati tanqidiy nuqtai nazardan baholandi. Kengash nizomi va qabul qilinayotgan rejalar hamda boshqa hujjatlarda kengash a'zolarining vazifalari belgilangan bo‘lsada, ular tomonidan tashabbus bilan harbiy qismlarda tadbirlar o‘tkazilmagani, faqatgina taklif asosida Qurolli Kuchlar hayotidagi muhim voqealarga qatnashib kelinayotgani ta'kidlandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir so‘ngida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning Mintaqaviy bo‘linmalarining faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilandi.

Mavzuga oid