Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Silovsin va ilonning ayovsiz olishuvi videoga olindi
AQShning Arizona shtatida Shimoliy Amerika silovsini va shaqildoq ilonning olishuvi guvohlar tomonidan videoga olindi. Voqea xususiy uylardan biri yaqinidagi yo‘lda yuz bergan.
Olishuv bir daqiqacha davom etgan. Natijada silovsin g‘olib chiqib, ilonni tishlagancha o‘zi bilan olib ketgan.
“Yaxshiyamki, biz mashinada edik. Agar piyoda ketayotganimizda, men aniq u yerga yaqinlashmagan bo‘lardim, shunchaki qochib ketardim. Bunday vaqtda bu ikki jonzot orasiga tushib qolishni istamagan bo‘lardim”, deb aytgan voqea guvohlaridan biri.
Silovsinga shaqildoq ilon zahri ta'sirsiz hisoblanadi. Agar ilon silovsinni chaqqanda ham unga hech narsa qilmagan bo‘lardi.
Mavzuga oid
07:33 / 15.10.2025
Taniqli fotosuratchi tutqich bermas silovsinlarning noyob suratlarini e’lon qildi
18:13 / 05.09.2025
Farg‘onada ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi
10:08 / 16.07.2025
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
12:13 / 29.04.2025