Sport | 19:51 / 07.04.2018
11295
1 daqiqa o‘qiladi

«So‘g‘diyona» yangi bosh murabbiyni e'lon qildi

Foto: fcbunyodkor.com

Sergey Lushchan «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi qilib tayinlandi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Bugun qoniqarsiz natijalar tufayli Aleksandr Mochinov «So‘g‘diyona» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi. Uning o‘rnini tajribali mutaxassis Sergey Lushchan egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va «Bunyodkor» klubini boshqargan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid