Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyni yangi bojlar kiritish niyati jiddiyligidan ogohlantirdi
Foto: AP/ Ng Han Guan
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo bojlari va boshqa choralarni kiritish niyati qat'iy, bu yon bosishlarni qo‘lga kiritish maqsadida muzokaralarda shunchaki taktika qo‘llash emas. Bu haqda AQSh prezidentining savdo va sanoat siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Oq uy huzuridagi savdo bo‘yicha milliy kengash direktori Piter Navarro aytib o‘tdi.
“Bu muzokaralarda shunchaki taktika qo‘llash emas... Biz xitoyliklarni eshitishga tayyormiz, biroq bojlar kiritish va investitsiyalarni cheklash borasida niyatimiz qat'iy. Biz Xitoydan nima talab qilayotganimiz juda aniqdir: halol o‘zaro manfaatli savdo. Ular bizdan narsa o‘g‘irlashlarini istamaymiz. Biz ular intellektual mulkimizni o‘g‘irlamay, himoyalashlarini istaymiz”, deb aytgan Navarro.
Avvalroq AQSh Xitoy Jahon savdo tashkiloti, jumladan intellektual mulk va Xitoyda ishlamoqchi bo‘lgan AQSh kompaniyalarini Xitoyga texnologiyalarni majburiy transfer qilishi borasida qoidalarni buzayotganini aytgan. AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga 1,3 ming nomdagi turli mahsulotlar – avtomobillardan tortib aviasanoat mahsulotlarigacha bojlar kiritishi bilan tahdid qilgan. Xitoy esa bunga o‘z choralarini qo‘llash bilan javob qilgan.
Mavzuga oid
00:48
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026