Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada bomba tufayli 26 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi
Germaniyaning Paderborn shahrida yashovchi 26 mingdan ko‘proq odam Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bombaning zararsizlantirilishi sababli evakuatsiya qilindi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Britaniyaga tegishli 1,8 tonnalik bomba 1,5 hafta oldin uylardan birining bog‘ida aniqlangan. Bomba 80 santimetr chuqurlikda bo‘lgan, shu sababli uning detonatsiyasi katta vayronagarchilikka olib kelishi mumkin edi.
Hukumat bombadan 1,5 km radius masofagacha evakuatsiya amalga oshirilishini e'lon qilgan. Evakuatsiya qilinadigan muassasalar orasida 2 ta shifoxona, bir nechta qariyalar uyi va universitet bo‘lgan. Bundan tashqari, shahar tarixiy markazining ba'zi tumanlari aholisi uylarini tark etishgan.
Eevakuatsiya qilinganlarga vaqtinchalik boshpanalar tashkillashtirilgan. Politsiya, o‘t o‘chiruvchilar, favqulodda xizmatlar xodimlari va minglab ko‘ngillilar odamlar xavfli hududni to‘liq tark etishlari ortidan kuzatishgan.
Germaniyada har yili 5,5 mingga yaqin portlamay qolgan snaryadlar zararsizlantiriladi. Mamlakatda yana o‘n minglab bunday snaryadlardan qolmoqda. Germaniyaga urush vaqtida 2 mln dan ko‘proq aviabomba tashlangan, ulardan taxminan 100 mingtasi portlamay qolgan.
Eng ko‘p miqdorda bombalar Berlinga (68 ming tonna), Gamburgga (45 ming tonna) va Rur viloyatiga (162 ming tonna) tashlangan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026