Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skripallarga yangi ismlar bilan AQShda yashash taklif qilinadi – Times
Rossiyaning Bosh razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi, Rossiyada Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilishda sudlangan Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaga AQShda yangi ismlar bilan yashash taklif qilinadi. Bu haqda Britaniya hukumatining yuqori mansabdor xodimiga iqtibos keltirgan holda The Sunday Times nashri ma'lum qildi.
Maqolada ma'lum qilinishicha, Britaniya tashqi razvedkasi MI-6 xodimlari MRBdagi hamkasblari bilan Skripallarni ularning hayotiga yangi suiqasdlardan himoyalash uchun Buyuk Britaniyadan ko‘chirish masalasini muhokama qilishgan. Britaniya hukumati Skripallarni Britaniya bilan razvedka ma'lumotlari almashish sohasida hamkorlik munosabatlariga ega bo‘lgan 4 ta davlatdan biri – AQSh, Kanada, Avstraliya yoki Yangi Zelandiyaga ko‘chirish imkonini ko‘rib chiqishgan. Biroq oxir natijada AQShda to‘xtashgan.
“Ularni ko‘chirish uchun maqbul joy AQSh hisoblanadi, chunki ularning u yerda o‘ldirishlari ehtimoli eng kam va ularni yangi ismlar ostida himoya qilish oson bo‘ladi”, deb aytilgan xabarda.
Maqolada aytilishicha, Sergey va Yuliya Skripal zaharlanganlaridan keyin naafaqat hushlariga kelganlar, balki yaqinda zaharlanishlari tergovida yordam bera boshlaydilar.
4 mart kuni Sergey Skripal va uning qizi Britaniyaning Solsberi shahrida jangovar asab-falajlovchi modda yordamida zaharlanishgan. Britaniya hukumati bunda Rossiyani ayblab, zaharli modda Rossiyada ishlab chiqarilganini aytib kelayotgandi. Biroq Porton-Daundagi mudofaa ilmiy-texnik laboratoriyasi rahbari Gari Eytkenxed britaniyalik mutaxassislar Skripallar zaharlangan modda qayerda ishlab chiqarilganini aniqlay olmaganlarini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026