Jamiyat | 22:06 / 08.04.2018
8740
3 daqiqa o‘qiladi

Vodiyning yana bir shahrida “Huquqiy axborot kunlari” sayl ko‘rinishida o‘tkazildi

Adliya vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 6-8 aprel kunlari Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida “Huquqiy axborot kunlari” o‘tkazildi.

Adliya boshqarmasi xodimlari, advokatlar va boshqa davlat organlari xodimlaridan iborat 10 ta “Huquqiy targ‘ibot guruhlari” tuzildi va ular fuqarolar bilan muloqot olib borishdi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Aholi bilan muloqot jarayonida manzilli huquqiy targ‘ibot o‘tkazishga alohida e'tibor berildi. Ya'ni, fuqarolardan Adliya organlariga, Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan savollar tahlili orqali aholi uchun bugungi kunda dolzarb mavzular aniqlab olindi va targ‘ibot asosan ana shu mavzular bo‘yicha olib borildi. Bunday dolzarb mavzular kommunal xizmatlar sohasi, tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish, moddiy yordam olish, arzon uy-joy olish, ishga joylashish, mehnat migratsiyasi kabi ko‘p uchraydigan masalalardan iborat bo‘ldi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, aholi bilan muloqot davomida yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident qarorlari va boshqa qonun hujjatlari haqida aholiga ma'lumot berish bilan birga advokatlar, davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini jalb qilgan holda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi, zarur holatlarda sayyor notarial harakatlar amalga oshirildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida har bir huquqbuzarlikning salbiy oqibati borligini aholiga yetkazish, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida oilaviy ajrimlar, mulkiy nizolar, transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi kabi ko‘p uchraydigan huquqbuzarliklar yuzasidan sayyor sudlar tashkil etildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Tadbirning uchinchi kuni Quvasoy shahrining xiyobonida tashkil qilindi va sayilga aylanib ketdi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Hiyobonga joylashtirilgan 70 turdan ortiq plakatlar, tarqatilgan 44 turdagi bukletlarda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi ma'lumotlar xalchqil, sodda va tushunarli shaklda namoyish etildi.

Bundan tashqari, tadbirga shahar aholisi orasidan Oltin to‘yini nishonlagan namunali oilalar taklif qilindi va ular yig‘ilganlar bilan o‘z hayotiy tajribalari bilan bo‘lishdilar, oiladagi ahillikni saqlash bo‘yicha yosh oilalarga, yigit-qizlarga tavsiyalar berdilar.

Mavzuga oid