Jahon | 21:51 / 09.04.2018
17329
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik ruhiy nosog‘lom o‘g‘lini 20 yil qafasda ushlab turgan

Foto: Loop Cayman

Yaponiyaning Xiogo prefekturasi politsiyachilari ruhiy nosog‘lom o‘g‘lini qafasda ushlagan erkakni hibsga olishdi. Bu haqda The Japan Times nashri xabar bermoqda. 

Politsiya bu haqda Yamasaki oilasiga kelib turgan ishchidan xabar topishgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 73 yoshli oila boshlig‘i o‘g‘lini 16 yoshga to‘lganda qafasda ushlay boshlagan. Hozirda u 42 yoshda. Otaning aytishicha, kasallik tufayli o‘g‘li juda tajovuzkor bo‘la boshlagan va shu sababli uni uyda shunday qoldirish mumkin bo‘lmagan.

Erkak o‘z farzandini balandligi 1 metr, eni 90 sm va uzunligi 1,8 metr keladigan yog‘och qafasda saqlagan. Qafas uy yonidagi kichik omborxonada o‘rnatilgan bo‘lgan. Qafas ichidagi yerga plastik list yotqazilib, qafas konditsioner bilan jihozlangan bo‘lgan.

Erkak o‘g‘lini ikki kunda bir marta dushga yuvintirgani olib chiqib turgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 42 yoshli erkak aniqlanganda uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligi qayd qilinmagan.  

Mavzuga oid