O‘zbekiston | 22:21 / 09.04.2018
76908
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soniga doir ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra 32763,7 ming kishini tashkil etdi. Jumladan, shahar aholisi soni 16583,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 %), qishloq aholisi soni 16180,7 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Ta'kidlash joizki, 2018 yil yanvar-mart holatiga ko‘ra, aholi soni 107,0 ming kishiga ko‘paydi. Tirik tug‘ilganlar soni 147,0 ming nafarni tashkil etdi. Vafot etganlar soni 37,8 ming nafar ekani qayd etildi. FHDYo bo‘limlarida 52,1 mingta nikoh va 8,1 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yilning 1 aprel holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida - 3733,7 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 %ni) va Farg‘ona viloyatida - 3631,0 ming kishini (11,1 %), aksincha eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida - 818,4 ming kishini (2,5 %) va Navoiy viloyatida - 961,3 ming kishi (2,9 %) tashkil etdi.
 

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi axboroti

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur'ati 2017 yilning xuddi shu davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida - 2,1 foizga, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida - 1,9 foizga, Jizzax, Namangan viloyatlarida va Toshkent shahrida - 1,8 foizga, aksincha eng kam o‘sish sur'ati Toshkent viloyatida - 1,1 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Buxoro viloyatida - 1,4 foizni tashkil etdi.

Mavzuga oid