Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asli o‘zbekistonlik IShID yetakchisi Afg‘onistonda o‘ldirildi
Dushanba kuni AQSh harbiy mahkamasi Afg‘oniston shimolida o‘rnashib olgan IShID yetakchisi o‘ldirilgani haqida ma'lumot tarqatdi. «Tolibon» harakati vakillari Shimoliy Afg‘onistondagi Darzob hududini tashlab ketganidan so‘ng, IShID va hukumat o‘rtasida to‘qnashuvlar bir yil davomida yakunlanmay qolyapti.
Washingtonpost nashrining xabar berishicha, AQSh Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi Liza Garsiya payshanba kuni Qori Hikmatulloh va uning safdoshlari zararsizlantirilgani, so‘ngra o‘ldirilgani haqidagi xabarni tasdiqladi.
Afg‘on rasmiylari tarqatgan xabarga ko‘ra, Qori Hikmatulloh O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lib, asli juzjonlik yigit ko‘p yillar davomida «Tolibon» harakati safida xizmat qilgan.
Liza Garsiya bergan bayonotga ko‘ra, Hikmatulloh «sadoqatdan ayro bo‘lib» kelgan. Avvaliga, «O‘zbekiston islom harakati» yetakchisi sifatida tanilgan, keyinroq «Tolibon» harakatiga qo‘shilgan Hikmatulloh IShID bilan hamkorlikni boshlagandi.
AQSh harbiy kuchlarining rasmiy vakilining ta'kidlashicha, Hikmatulloh egallab kelgan mansab asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Mavlavi Habibul Rahmon qo‘liga o‘tishi mumkin.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026