Sport | 23:28 / 10.04.2018
6196
2 daqiqa o‘qiladi

Avtohalokatda omon qolgan xokkeychi halok bo‘lgani bilan adashtirib qo‘yildi

Kanadaning Saskachevan viloyati ma'muriyati avtohalokatga uchragan “Xamboldt Bronkos” yoshlar xokkey jamoasining omon qolgan xokkeychisini halok bo‘lgani bilan adashtirib qo‘ydi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

Avtohalokat 7 aprelda yuz bergan. Xokkeychilar ketayotgan avtobus yarimtirkamali yuk mashinasiga urilgan. Buning oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda avtohalokat tafsilotlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. 

Shifokorlar shifoxonada yotgan Ksave Labellyani halok bo‘lgan Parker Tobin deb qabul qilishgan. Shifokorlar xatoni ikkala xokkeychilar ham deyarli bir xil tuzilishga egaligi bilan tushuntirishgan. Shuningdek, jamoaning barcha o‘yinchilarining sochi oqartirib chiqilgan va shu sababli ular bir-birlariga juda o‘xshab ketganlar.

Parker Tobin va Ksave Labell

Viloyat ma'muriyati rahbari bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘ragan. 

“Bronkos” “Nipavin Xouks“ga qarshi pley-off o‘yiniga ketayotgan bo‘lgan. Jamoaning o‘yinchilari yoshi 18 dan 21 gachani tashkil qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid