Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat qaysi narxlarni tartibga soladi?
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 249-son qarori bilan Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Tasdiqlangan tahrirga kiritilgan bir qator asosiy tuzatishlar ko‘rib chiqiladi.
1) Belgilanishicha, korxonalar – monopolist xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga hisobot berishlari kerak. Ular Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlariga qo‘llaniladigan narxlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etadilar.
Narxlar o‘zgarishi holati aniqlanganda monopoliyaga qarshi organ 3 kun muddatda davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va boshqa tashkilotlarga ulardan 15 kun mobaynida zarur ma'lumotlarni olish uchun yozma so‘rov yuboradi.
Taqdim etilgan ma'lumotlarni o‘rganib chiqqan va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilgan nazorat qiluvchi organ ish qo‘zg‘atadi hamda qonunbuzarga aniq xatti-harakatlarni bajarish: to‘xtatish, bartaraf etish va bundan keyin qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik; asossiz olingan daromadni iste'molchilarga qaytarish; dastlabki holatni tiklash va boshqalar haqida ko‘rsatma beradi.
2) Hujjatning yakuniy versiyasida belgilanishicha, narx birja savdolarida shakllangan bo‘lsa, monopol yuqori deb e'tirof etilmaydi. Buning uchun loyihada nazarda tutilgan ikkita shart: a) tovar hajmini kalendar oy davomida savdo sessiyalari bo‘yicha teng taqsimlagan holda uni birjada muntazam sotish; b) tovar hajmi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerakligi hujjatga kiritilmagan.
Nizom qoidalari birja savdolarida boshlang‘ich narxlar sifatidagi narxlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya'ni birjada narxlar oshishi mumkin.
Narxni monopol past deb e'tirof etish shartlari o‘zgartirilmadi.
Nizomda tovarlarga monopol yuqori va monopol past narxlarni belgilashning bosqichma-bosqich sxemasi ham keltirilgan (bunday dalillarni aniqlash taomili tavsiflangan).
Quyidagi tovar va xizmatlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinadi:
• ijtimoiy ahamiyatga ega va strategik turdagi;
• tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan;
• narxlarining tartibga solinishi Prezident qarorlari bilan nazarda tutilgan.
Hujjat 31.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
16:32 / 14.05.2026
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?
17:43 / 11.05.2026
Gaz to‘ldirish shoxobchalarida propan narxi qimmatlashdi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026