Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Dubayda nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi
2018 yil 9 aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida an'anaviy Annual Investment Meeting (AIM) xalqaro investitsiyaviy forumi doirasida AIM 2018 Investment awards mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi xabar bergan.
"2017 yilda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya mintaqasidagi eng yaxshi investitsion loyiha" nominatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi g‘olib bo‘ldi.
Forum ishtirokchilari oldida marosim tashkilotchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga berilgan mukofot birinchi bo‘lib e'lon qilindi.
Moderator ta'kidlaganidek, dunyoning ko‘plab davlatlari hukumat muassasalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shganligi uchun va umuman, iqtisodiyotni rivojlantirish va bozorlarni kengaytirish uchun qilingan sa'y-harakatlar uchun mukofot bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
18:41 / 27.09.2024
Burj Xalifa: dunyoni hayratga solayotgan osmono‘par bino
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024