Jahon | 16:22 / 10.04.2018
6552
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etadi

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Kiyev rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Men bir necha kun muqaddam Ukraina Xavfsizlik xizmati, vazirlar mahkamasi, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga topshiriq berdim. Ular tegishli qaror loyihasini tayyorlaydi, u yaqin vaqt ichida Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishiga kiritiladi, hamda sanksiyalar joriy etiladi. Ular AQSh hukumatining qaroriga maksimal o‘xshash bo‘ladi hamda, albatta, sanksiyalar ro‘yxatiga janob Deripaska (tadbirkor Oleg Deripaska – tah.) va boshqa oligarxlar kiritiladi. Ular ayni damda Rossiya jarayonlarining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi», - deya aytib o‘tdi Poroshenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik 38 tadbirkor va 15ta kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Ro‘yxatda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller, En+ egasi Oleg Deripaska, VTB rahbari Andrey Kostin va «Renova» egasi Viktor Vekselberg bor. Shuningdek, sanksiyalar Gazprombank boshqaruvi raisi Andrey Akimov, «Surgutneftegaz» bosh direktori Vladimir Bogdanov, Tula oblasti gubernatori Aleksey Dyumin, RISI direktori Mixail Fradkov, «Zenit» futbol klubi direktori va Rossiya futbol ittifoqi sobiq rahbari Sergey Fursenkoga nisbatan ham joriy etildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid