AQŞ rossiyalik 38 tadbirkor va 15ta kompaniyani sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqda Qöşma Ştatlar Moliya vazirligi saytida xabar qilinadi.

Röyxatda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller, En+ egasi Oleg Deripaska, VTB rahbari Andrey Kostin va «Renova» egasi Viktor Vekselberg bor.

Şuningdek, sanksiyalar Gazprombank boşqaruvi raisi Andrey Akimov, «Surgutneftegaz» boş direktori Vladimir Bogdanov, Tula oblasti gubernatori Aleksey Dyumin, RISI direktori Mixail Fradkov, «Zenit» futbol klubi direktori va Rossiya futbol ittifoqi sobiq rahbari Sergey Fursenkoga nisbatan ham joriy etildi.

Sanktsiyalar röyxati aktivlarni muzlatib qöyiş, AQŞ hududidagi jismoniy va yuridik şaxslarning köçmas mulki hamda ehtimoliy bank hisob raqamlarini xatlovga oliş, şuningdek, mamlakatga kirişni taqiqlaşni nazarda tutadi.