Jahon | 13:10 / 10.04.2018
8997
2 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Skripal shifoxonadan chiqarilishi ma'lum qilindi

Foto: gazeta.ru

Sky telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Yuliya Skripal mart boshida zaharlanishi oqibatida tushgan Solsberidagi shifoxonadan chiqariladi. Telekanal manbasining ma'lum qilishicha, u shifoxonani 9 aprelda tark etishi kerak bo‘lgan, biroq natijada bu yuz bermagan.

O‘z navbatida “Bi-bi-si”ning ma'lum qilishicha, Yuliya 9 aprelda shifoxonadan chiqarilgan va darhol “xavfsiz joy”ga yetkazilgan.

Yaqin soatlarda shifoxona rahbariyati ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

“Men Britaniya ommaviy axborot vositalari Yuliyaning shifoxonadan chiqqani haqida xabar berayotganini ko‘rdim, biror narsani bilish uchun elchixonaga ham, “Bi-bi-si”ga ham qo‘ng‘iroq qilmoqdaman, biroq hozircha hech qayerda go‘shakni ko‘tarishmayapti”, degan Yuliyaning qarindoshi Viktoriya Skripal.

Sergey va Yuliya Skripal noma'lum modda bilan zaharlanishgandan keyin 4 mart kuni shifoxonaga tushganlar. 

8 aprelda Sunday Times nashri Britaniya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda, London Skripallarga AQShga ko‘chib o‘tishlarini va ismlarini o‘zgartirishlarini taklif qilmoqchiligini ma'lum qilgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu masala bo‘yicha Buyuk Britaniya razvedkasi MI6 va AQSh markaziy razvedka boshqarmasi muzokara o‘tkazgan.

Biroq Rossiya elchixonasida ta'kidlanishicha, London shu tariqa bu ishdagi “barcha dalillarni izsiz yo‘qotmoqchi”. Shuningdek, elchixonasida aytilishicha, hodisaning barcha isbotlari – Skripallarning uy hayvonlaridan tortib uylarigacha yo‘q qilib yuborilgan.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid