Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Solsberini GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan modda izlaridan tozalaş uçun 18 mln funt (23 mln dollar) sarfladi. Bu haqda The Sun gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, vazirlik Solsberidagi ehtimoliy zararlangan joylarni tozalaşga 10,9 mln funt ($14 mln) sarflagan. Yana 6,7 mln funt ($8,5 mln) tozalaş jarayonida foydalanilgan qurilma va aşyolarga ketgan. 286 ming funt esa transport xarajatlari, Solsberiga jönatilgan ekspert va harbiylarning yaşaş hamda yeb-içişi uçun sarflangan.

Noyabrda Salisbury Journal gazetasi Solsberi va Eymsberidagi zaharlanişlarni örganiş uçun politsiya jami 11 mln funt ($14 mln) sarflaganini yozgandi. Bundan taşqari, zaharli moddalar qoldiği bölişi ehtimoli bois 16ta politsiya va 8ta tez yordam maşinasi kömib taşlangan. Ularning umumiy qiymati£892 ming funtni ($1,14 mln) taşkil etadi, deb yozadi The Sun.

Skripallar 2018 yil marti boşida Solsberidagi uylarida huşsiz topilişgan. Britaniya hukumati ularning zaharlanişida Moskvani ayblagan. Ta'kidlanişiça, Skripallarga hujum vaqtida “Noviçok” turidagi modda qöllangan. Biroq Rossiya bu ayblovlarni inkor etib keladi.