Jahon | 01:07 / 11.04.2018
31476
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda osmondan 50 dan ko‘proq o‘lik g‘oz tushdi 

Foto: eastidahonews.com

AQShning Aydaxo-Fols shahriga osmondan 50 dan ko‘proq o‘lik g‘oz tushgan. Bu haqda Fox 13 telekanali xabar bermoqda. Shahar ma'muriyati ushbu voqeani g‘ayriodatiy deb atagan.

Voqea 7 aprelda do‘l bilan kechgan momaqaldiroq vaqtida yuz bergan. G‘ozlar jasadi bir necha yuz metrlik radiusda aniqlangan. Hammasi bo‘lib 48 ta oq g‘oz va 3 ta Ross g‘ozi yig‘ib olingan. Shuningdek, o‘lik g‘ozlar yon atrofdagi uylar tomida ham aniqlangan.

Mutaxassislarning fikricha, g‘ozlar to‘dasi Kanadaga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, ularning halokatiga chaqmoq urishi sabab bo‘lgan. Agar qushlar do‘lga tushib qolganda, ular yer tomon yo‘nalib, qo‘ngan bo‘lardi.

Mavzuga oid