Jahon | 13:15 / 11.04.2018
3344
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjondagi prezidentlik saylovlarida ovoz berish boshlandi

Foto: Day.Az

Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun ovoz berish uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochildi. Soat 19:00ga qadar davom etadigan ovoz berish jarayonida 5,3 mlndan ortiq saylovchi ishtirok etishi mumkin. Ular 125ta okrugdagi 5641ta uchastkaga boradi.

Ovoz berish jarayoni nafaqat mamlakat ichida, balki respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ham tashkil etiladi. Umuman olgan, Ozarboyjondan tashqarida 41ta saylov uchastkasi ochilgan.

Saylov byulletenlariga sakkiz nomzod nomi kiritilgan. Ular orasida amaldagi prezident – 56 yoshli Ilhom Aliyev, uni o‘zi rahbarlik qiluvchi “Yangi Ozarboyjon” hukmron partiyasi ilgari surdi, hamda yana besh partiya yetakchisi: Araz Alizoda (Ozarboyjon Sotsial-demokratik partiyasi); Gudrat Gasanguliyev ("Ozarboyjon Yagona Xalq fronti"); Faraj Guliyev ("Milliy uyg‘onish harakati"); Hofiz Gajiyev ("Zamonaviy Musavat") va Sardor Mamedov (Ozarboyjon demokratik partiyasi), shuningdek, “Frontistlar tashabbus guruhi” tomonidan ilgari surilgan Razi Nurullayev va mustaqil nomzod Zohid Oruj.

Mavzuga oid