Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
70 yoshli otaxon O‘zbekiston bo‘ylab velosayohatga chiqdi
2018 yilning 7 aprel kuni Buxoro viloyati, Peshku tumanida istiqomat qiluvchi, 70 yoshni qarshi olgan otaxon Muhammad Qudratov O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish maqsadida velosiped orqali o‘z sayohatini boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sayohatchi otaxon Buxoro – Samarqand – Toshkent – Namangan – Farg‘ona – Andijon – Termiz – Qarshi – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha sayohatni amalga oshirishni rejalashtirgan. «Mazkur sayohat orqali yurtimizda ichki turizmni rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman», – deb ta'kidlaydi Muhammad bobo.
Hozirgi kunga qadar otaxon, Buxoro – Samarqand yo‘nalishida hamda Buxoro viloyatidagi «Yetti Pir» ziyoratgohlari bo‘ylab velosipedda sayohatni amalga oshirgan.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025