Jahon | 15:33 / 12.04.2018
3660
1 daqiqa o‘qiladi
Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
YeI Eronda inson huquqlari buzilishi tufayli joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashidan xabar berishgan.
"Kengash Eronda inson huquqlarining jiddiy buzilishlariga javoban cheklov choralarini 2019 yilning 13 apreliga qadar uzaytirdi. Bu choralar 82 shaxs va bir tashkilotga nisbatan safarlarga taqiq hamda aktivlarni muzlatib qo‘yishni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, Eronga ichki ta'qiblar uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan uskunalar va telekommunikatsiyalarni kuzatib borishga qurilmalar eksportiga taqiq joriy etildi", - deyiladi matbuot xizmat xabarida.
Bu cheklov choralari 2011 yilda qabul qilingandi.
Mavzuga oid
01:15
The New York Times HAMASning maxfiy uchrashuvlariga oid protokollarni qo‘lga kiritdi
16:19 / 12.10.2024
Futbolda murabbiy nimaga kerak? Eronga qarshi futbol o‘ynamaganimiz haqida
13:35 / 12.10.2024
London 37 kompaniyani RF neftiga sanksiyalarni chetlab o‘tishda gumon qilmoqda
20:50 / 11.10.2024