Poroshenko bir qarorga keldi: Ukraina MDHdan chiqmoqda
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, vazirlar mahkamasiga Ukrainaning MDH ta'sis organlaridan rasman chiqishi jarayonini boshlash haqida topshiriq berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Hukumatga MDH ta'sis organlarida ishtirokimizni rasmiy ravishda to‘xtatish haqida, shuningdek, Minskdagi barcha tegishli institutlarda Ukraina vakolatxonasini yakuniy tarzda yopish to‘g‘risida taklif tayyorlash vazifasini topshirdim», - deya ma'lum qildi Ukraina prezidenti Kiyevdagi xavfsizlik bo‘yicha forumda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek Ukraina tomonidan MDH doirasida imzolangan barcha shartnomaviy-huquqiy baza inventarizatsiyadan o‘tkazilishi lozim. Bunda mamlakat milliy manfaatlariga muvofiqlik darajasi tekshirilishi kerak.
Mavzuga oid
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024
«Ukraina G‘arb siyosatida endi birinchi emas» - OAV
00:49 / 12.10.2024
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
19:38 / 11.10.2024