Jahon | 11:49 / 12.04.2018
12489
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi

Foto: RIA Novosti / Mariya Frolova

11 aprelda Pxenyanda Shimoliy Koreya oliy xalq yig‘ini sessiyasida mamlakat rahbariyatida xodimlar o‘zgartirilishi amalga oshirildi. 

Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi o‘rinbosari lavozimidan Xvan Byon So olindi. 
Avvalroq u Koreya xalq armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan va keyinchalik bu lavozimni Kim Chjon Gakka bo‘shatib bergan. Avvalroq Xvan Byon So lavozimidan olinib, qayta tarbiyalanish uchun qishloq xo‘jaligi ishlariga jo‘natilgani ma'lum qilingan. Biroq keyinroq uning ismi yana mamlakat rahbariyati ro‘yxatida paydo bo‘lgan. 

Kim Chjon Gak sessiya vaqtida davlat kengashi a'zolari tarkibiga kiritilgan. Undan tashqari, Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda mamlakat rahbari Kim Chen Inga Xitoyga safari davomida hamrohlik qilgan Pak Gvan Xo davlat kengashining yangi a'zosiga aylangan. 

Sessiyada Kim Chen Inning o‘zi noma'lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan. 

Mavzuga oid