Jamiyat | 16:06 / 12.04.2018
11262
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda o‘zaro janjal pichoqbozlik va bir kishining o‘limi bilan tugadi

Illyustrativ foto/ thedailybeast.com

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 9 aprel kuni soat 23.30larda, Sayxunobod tumani “Yangihayot” MFY Ma'naviyat ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1975 y.t. A.X. “Beshbuloq” MFY hududida joylashgan “Yoshlik” fermer xo‘jaligining dala shiyponida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1975 y.t. A.N.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada A.N. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.H. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid