Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Erdo‘g‘an Suriyani muhokama qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, tomonlar Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgan.
"Erdo‘g‘an va Tramp o‘zaro telefon muloqoti davomida Suriyadagi so‘nggi hodisalarni muhokama qildi", - deyiladi agentlik xabarida. Suhbat tafsilotlari oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya bo‘yicha bir qarorga kela olishmagani xabar qilingandi.
Rossiya va AQSh seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishini surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihalarini kiritgan. Ularning har ikkisi ham ma'qullanmadi. Hammasi bo‘lib uchta hujjat taqdim etildi. Ular Suriyaning Dumasida kimyoviy moddalardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan hujumga o‘ziga xos javob bo‘lishi kerak edi. Ma'lumot manbasiga qator internet nashrlar va Qatarning “Al-Jazira” telekanali tomonidan tarqatilgan videoyozuvlar aylandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026