Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya bo‘yicha bir qarorga kela olishmadi
Rossiya va AQSh seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishini surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihalarini kiritdi. Ularning har ikkisi ham ma'qullanmadi.
Hammasi bo‘lib uchta hujjat taqdim etildi. Ular Suriyaning Dumasida kimyoviy moddalardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan hujumga o‘ziga xos javob bo‘lishi kerak edi. Ma'lumot manbasiga qator internet nashrlar va Qatarning “Al-Jazira” telekanali tomonidan tarqatilgan videoyozuvlar aylandi.
G‘arb Suriya hukumati, uni qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiya va Eronni aybladi. Donald Tramp Lotin Amerikasiga tashrifini bekor qilib, bor e'tiborini Suriyaga javob qadamlarini ishlab chiqishga qaratdi. Bundan tashqari, Tramp javobning ko‘plab harbiy variantlari haqida ma'lum qildi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa bu Bashar Asad ittifoqchilariga aloqador bo‘lmasligini aytdi.
Moskva suriyalik harbiylar tomonidan tashlangan xlorli bomba haqidagi ma'lumotni rad etdi. Rossiya TIV bayonotiga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari tomonidan zaharlovchi moddalarning tashlanishi – terrorchilarni to‘sib qo‘yish va tashqaridan berilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy zarbalarni oqlashdir.
Rossiya ovoz berishga ikkita hujjatni qo‘ydi. Birinchisi – BMTda Suriyadagi kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha mexanizmni ta'sis etish haqida. Ikkinchisi – Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) missiyasini Dumaga yuborilishini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya.
AQSh o‘z navbatida BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriyadagi kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazishning yangi mexanizmini ta'sis etish haqidagi rezolyutsiya loyihasini kiritdi.
AQShning doimiy vakili Nikki Heyli barcha davlatlarni Rossiya qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Uning fikricha, hujjatning Amerika varianti “BMT Xavfsizlik Kengashi bu hujumga javoban qilishi mumkin bo‘lgan minimumdir” va aynan u mustaqil surishtiruvdan o‘tkazilishini kafolatlaydi.
Rossiya yakunda bu rezolyutsiyaga veto qo‘ydi, Rossiya loyihalari esa kerakli to‘qqizta ovozni ololmadi.
Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Karen Pirsning jurnalistlarga bildirishicha, Rossiya tashabbusi ancha kech qolgan, sababi “KQTT bu ish bilan shug‘ullanmoqda”.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026