O‘zbekiston | 18:33 / 13.04.2018
42965
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qon shahri hokimi o‘zgardi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga yangi hokim tayinlandi. Endi bu lavozimda Ma'ruf Usmonov ishlaydi. 

Arxiv foto/Ma'ruf Usmonov

 
KUN.UZ manbasining xabar berishicha, Ma'ruf Usmonov O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimidan ozod etilib, Qo‘qon shahriga hokim etib tayinlangan. 

Ma'ruf Usmonov 2004-2006 yillarda ham Qo‘qon shahri hokimi sifatida ishlagan. Bundan tashqari, u turli yillar davomida prokuratura organlarida faoliyat yuritgan, Toshkent va  Farg‘ona viloyati prokuraturalarida mas'ul lavozimlarda ishlagan. 

Shu paytga qadar Qo‘qon shahri hokimi sifatida ishlab kelayotgan Rahmatali Jalilov qaysi ishga o‘tkazilgani, Sudyalar oliy kengashiga kim yangi rais etib tayinlangani hozircha noma'lum.

Foto: Rahmatali Jalilov / Kun.uz

Mavzuga oid