Farğona viloyatining Qöqon şahriga yangi hokim tayinlandi. Endi bu lavozimda Ma'ruf Usmonov işlaydi. 

Arxiv foto/Ma'ruf Usmonov

 
KUN.UZ manbasining xabar berişiça, Ma'ruf Usmonov Özbekiston Sudyalar oliy kengaşi raisi lavozimidan ozod etilib, Qöqon şahriga hokim etib tayinlangan. 

Ma'ruf Usmonov 2004-2006 yillarda ham Qöqon şahri hokimi sifatida işlagan. Bundan taşqari, u turli yillar davomida prokuratura organlarida faoliyat yuritgan, Toşkent va  Farğona viloyati prokuraturalarida mas'ul lavozimlarda işlagan. 

Şu paytga qadar Qöqon şahri hokimi sifatida işlab kelayotgan Rahmatali Jalilov qaysi işga ötkazilgani, Sudyalar oliy kengaşiga kim yangi rais etib tayinlangani hozirça noma'lum.

Foto: Rahmatali Jalilov / Kun.uz