Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Gulistondagi suv sporti majmuasini borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu maskan suzish va suvga sakrash mashqlari uchun mo‘ljallangan. Havzada tashkil etilgan 15 o‘quv mashg‘ulot guruhiga 170 dan ortiq o‘g‘il-qiz jalb qilingan.
Prezident sport majmualari bolalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi zarurligini ta'kidladi. Shu jihatdan majmuadagi shart-sharoitlarni yaxshilash, ventilyatsiya, suv tozalash va isitish tizimlarini qayta ko‘rib chiqish, bunday loyihalarni jahon tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Mavzuga oid
00:19 / 05.07.2026
Sirdaryodagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
22:59 / 05.05.2026