Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlarning dunyodagi eng katta akula bilan birga suzishi videoga olindi
Foto: Videodan kadr
Meksikaning Janubiy Kaliforniya sohillari yaqinida odamlar bilan yonma-yon suzayotgan yirik o‘lchamli kitsimon akulaning videosi suratga olindi.
Video 36 yoshli Tarsitsio Sanyudo Suares tomonidan dron yordamida olingan.
Videoda ulkan akula yonida 3 kishi suzib ketayotganini ko‘rish mumkin. Keyinroq ularga yana bir kishi qo‘shiladi. Suzayotgan odamlardan biri akulaga qo‘l tekkizsa bo‘ladigan masofagacha yaqinlashib, deyarli uning dumiga qo‘li bilan tekkanini ko‘rish mumkin.
“Kitsimon akulalar osoyishta jonzotlar hisoblanadi va insonga ziyon yetkazmaydi. O‘sha kun men ham akula bilan yonma-yon suzdim va ularni suv ostida GoPro kamerasi yordamida suratga oldim”, deb aytgan Suares.
Kitsimon akulalar dunyodagi eng katta baliqlar hisoblanib, ularning uzunligi 12 metrgacha yetishi mumkin. Ular boshqa aksariyat akulalardan farqli, kitlar kabi planktonlar bilan oziqalanadilar va insonlar uchun xavfli emaslar.
Mavzuga oid
14:14 / 18.11.2025
Tramp Meksikadagi narkokartellarga AQSh zarbalarini istisno etmadi
16:03 / 16.11.2025
Meksikada shahar meri o‘ldirilishi ortidan yirik namoyish boshlandi
16:46 / 06.11.2025
Meksikada mast kishi ko‘chada prezidentni o‘pmoqchi bo‘ldi
22:11 / 03.11.2025