![](https://storage.kun.uz/source/3/tyqHa8Oij_d8vYYvn2ML4UHQ8OtRd4zF.jpg)
Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va S7 Airlines aviakompaniyasi o‘rtasida imzolangan Kod-Sher kelishuvi asosida MAK yo‘lovchilari Toshkent va Namangandan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Federatsiyasining Uzoq Sharqida joylashgan - Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk, Vladivostok kabi shaharlariga va ortga parvoz qilishlari mumkin. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
Muntazam qatnovlar S7 Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Novosibirsk shahri aeroporti orqali amalga oshiriladi.
Toshkentdan Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk va Vladivostok shaharlariga qatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari, shuningdek, Namangan shaharlariga va ortga dushanba kunlari bajariladi.