Jahon | 23:01 / 14.04.2018
24381
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyaga 10 yil “ishsiz yotgan” raketalar bilan zarba bergan

Foto: United States Air Force / Wikimedia

AQSh Suriyadagi harbiy va fuqarolik obektlariga zarba berish vaqtida ilk bor jangovar vaziyatda AGM-158 JASSM sinfidagi qanotli raketalarni qo‘llagan. Bu haqda The Drive xabar bermoqda. 

Nashr ixtiyoriga bir nechta shunday raketa Suriyaga hujumda ishtirok etgan strategik bombardimonchilarga yuklanayotgani tasvirlangan surat tushgan. “Bu esa ushbu qurolning ilk jangovar qo‘llanishini anglatadi”, deb tushuntirganlar portal mualliflari.

B-1B qayerdan parvoz qilgani ma'lum qilinmagan, biroq CNN’ning yozishicha, aprelda bu bombardimonchilar Qatardagi Al-Udayd aviabazasida payqalgan.

AQSh hujum vaqtida strategik aviatsiyadan tashqari, “Tomagavk” qanotli raketalariga ega kemalardan foydalangan. Hujumda AQShga Tornado samolyotlari bilan Buyuk Britaniya va flot, Rafale va Mirage qiruvchi samolyotlar hamda yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar va “uchar radarlar” bilan Fransiya yordam bergan.

AGM-158 JASSM raketalari AQSh qurollanishida 2009 yildan beri turadi. Bu raketalar Avstraliya, Polsha va Finlyandiyaga eksport qilingan. Bu raketalarni loyihalash 1995 yilda, ishlab chiqarish 1998 yilda boshlangan. Raketalarni F-15, F-16 qiruvchi va F/A-18 qiruvchi-shturmchi samolyotlari olib yurishi mumkin. AGM-158A JASSM’ning asosiy modifikatsiyasi uchish uzoqligi 370 kmni, ilg‘or varianti AGM-158B JASSM (ER)’niki 1000 kmni tashkil qiladi. Bunday raketaning bir donasi modifikatsiyasiga ko‘ra 850 ming dollardan 1,35 mln dollargacha turadi.

Mavzuga oid