Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga zarbalar berish yakunlangani haqida ma'lum qildi
Foto: BBC
AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danfordning ma'lum qilishicha, Suriyaga zarbalar seriyasi yakunlandi. Bu haqda u Pentagon rahbari Jyeyms Mettis bilan birgalikda tashkil etilgan matbuot anjumani davomida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nishonlardan biri tadqiqot markazi bo‘lgan, boshqasi esa – kimyoviy qurol ombori. Danfordning aniqlik kiritishicha, barcha nishonlar Damashqning «kimyoviy qurol dasturi» bilan aloqador bo‘lgan.
Mettis, o‘z navbatida, AQSh hozircha Suriyaga hududiga yana zarbalar berishni rejalashtirmayotganini ta'kidlab o‘tdi. Pentagon rahbari amaliyotni «bir martalik hujum» deb atagan.
Mavzuga oid
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026