Jahon | 22:11 / 14.04.2018
18401
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya prezidenti AQShni butun dunyo uchun bosh xavf deb atadi 

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Boliviya prezidenti Evo Morales AQShni zamonaviy dunyoga eng katta xavf deb atadi.

“Shuni aytishim mumkinki, erkinlik, demokratiya, ona yerimiz va ko‘p tomonlama dunyoga asosiy xavf  AQSh hisoblanadi. Men buni ochiqchasiga aytishdan qo‘rqmayman”, deb aytgan Morales Peruda “Amerikalar sammiti” yig‘ilishida.

Avvalroq Boliviya prezidenti AQShdan Suriyaga qarshi tajovuzni to‘xtatish, Kubadan qamalni olib tashlash, Venesuelada davlat to‘ntaruvini qo‘llab-quvvatlash va Meksikada devor qurishni to‘xtatishni talab qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid