Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Dumada kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha maxfiy hisobotni e'lon qildi
Fransiya Mudofaa vazirligi Suriya hukumati tomonidan Dumada kimyoviy qurol qo‘llanilishi bo‘yicha maxfiy hisobotni e'lon qildi. Hujjat idora saytida joylashtirilgan.
«Hujjat ma'lumotning birlamchi ochiq kod yordamida va fransuz xizmatlari tomonidan olingan maxfiy ma'lumot texnik tahlilidan iborat», - deyiladi xabarda.
Hisobotga ko‘ra, Fransiya Suriya hukumati kimyoviy quroldan foydalanganini isbotlangan, deb hisoblaydi.
Hisobot sakkiz sahifadan iborat bo‘lib, ulardan birida kimyoviy hujum qurbonlar fotosurati mavjud, boshqa tomonda esa jangovar harakatlar xaritasi joylashtirilgan.
«Fotosuratlardagi belgilar kimyoviy qurol qo‘llanilgan holda hujum yuz berganini bildiradi, xususan, bo‘g‘uvchi moddalar va fosfororganik birikmalar yoki sianistvodorodli kislotadan foydalanishgan», - deya ta'kidlaydi hujjat mualliflari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Suriyaga raketa zarbasi videosini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
17:55
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026