Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya - Fransiya chegarasida ichida 2,5 kg trotil bo‘lgan avtomobil ushlandi
Foto: Global Look Press
Italiya politsiyasi Fransiyadan Italiya hududiga kirib kelgan minivenning ichidan deyarli 2,5 kg trinitrotoluolni topdi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga asosan xabar bermoqda.
Amaliyot Monblan tumanidagi tunnelda o‘tkazilgan. Politsiyachilar tekshiruv tadbirlari davomida oq furgonni to‘xtatishgan. Transport vositasi boshqaruvida Bosniya va Gertsegovinaning avval sudlangan 56 yoshli fuqarosi bo‘lgani aytilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari avtomobilning uskunalar paneli ostidan maxfiy joyni, u yerdan esa kichik g‘isht o‘lchamiga ega 10tadan ortiq o‘ramni topishgan. Olingan modda umumiy og‘irligi 2,4 kg bo‘lgan trotil ekani aniqlandi.
Agentlikning mahalliy OAVga asosan ko‘rsatishicha, tergov «terrorchilik izini» istisno etyapti. Shu bilan birga, trotil aynan qayerga yetkazib berilmoqchi bo‘lgani noma'lum.
Mavzuga oid
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
18:23 / 22.04.2026
Solovyov Italiya bosh vazirini haqoratladi
10:10 / 21.04.2026