Jamiyat | 18:58 / 14.04.2018
17292
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda oshxona ishchisi boshqaruvchini pichoqladi

Namangan shahrida pichoqbozlik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 12 aprel kuni soat 00.10larda, “Mustaqillikning 10 yilligi” MFY Bunyodkor ko‘chasida yashovchi, H.Do‘stligi mahallasida joylashgan “Favorit” nomli oshxona ishchisi, 1989 y.t. J.A. ish joyida o‘zaro janjal oqibatida shu oshxona ish boshqaruvchisi, 1979 y.t. R.X.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada R.X. kasalxonaga yotqizilgan. J.A. qo‘lga olingan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid