Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning 3-prezidenti haykali bezorilar tomonidan tahqirlandi
AQShda noma'lum kimsalar tomonidan AQShning 3-prezidenti Tomas Jyeffersonning haykali tahqirlandi. Bu haqda The Cavalier Daily nashri xabar bermoqda.
Vandallar Jyefferson tomonidan asos solingan Virginiya universitetida unga qo‘yilgan haykal poydevoriga qizil rangda “Irqchi va zo‘ravon” degan so‘zlarni yozib ketishgan.
Nashrning fikricha, vandallar shu tariqa AQSh davlati asoschilari va konstitutsiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan Jyefferson quldor bo‘lgani va Virginiya universitetini barpo etishda qullar mehnatidan foydalanganini eslatib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.
Jyefferson AQShni 1801 yildan 1809 yillargacha boshqargan.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026