Sport | 19:30 / 15.04.2018
7995
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» g‘alabani mag‘lubiyatga aylantirdi va YeChL uchun yo‘llanmadan umid uzdi

Foto: Premer liga

Angliya Premer-ligasining 34-turida «Arsenal» «Nyukasl» mehmoni bo‘ldi. 

O‘yinda dastlab mehmonlar hisobni ochishgandi, 14-daqiqada Lyakazett Obameyangning pasini golga aylantirdi. Ammo ko‘p o‘tmasdan Ayose Perez hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda Ritchi g‘alaba golini urdi - 2:1.

Bu irodali g‘alabadan keyin «Nyukasl» 41 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda, Arsen Venger shogirdlari esa 54 ochko bilan oltinchi o‘rinda qoldi. Londonliklar endi keyingi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish imkonini beruvchi to‘rtinchi o‘rindan umid uzishgan.

Angliya chempionati
34-tur

Nyukasl – Arsenal 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 14 Lyakazett, 1:1 – 29 Peres, 2:1 – 68 Ritchi.
Nyukasl – Dubravka, Lejyen, Lassels, Dammett, Kenedi, Ritchi (Merfi, 86), Diame, Shelvi, Yyedlin, Peres (Xoselu, 79), Geyl (Slimani, 63).
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Chembers (Meytlend-Naylz, 78), Xolding, Ivobi (Nketia, 86), Chaka, El-Nenni, Uillok (Uelbek, 68), Obameyang, Lyakazett.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid