Xitoyda aholi qanchalik ko‘pligini ko‘rsatuvchi suratlar
Xitoy aholisi mamlakatda “bir oila – bir farzand” siyosati joriy qilinganda bir milliardga yaqinlashib qolgandi. Bu 1970-yillar oxirida bo‘lgan. 2015 yil kuziga kelib esa Xitoy ko‘zda tutilmagan oqibatlar, jumladan foiz nisbatida erkaklar ko‘payib ketayotgani va keksa odamlarning noproporsional ko‘pligi sababli bu siyosatidan voz kechdi. Xitoy hukumati oilalarga 2 nafardan farzandli bo‘lishga ruxsat berib, o‘z demografiyasidagi muvozanatni tiklab olmoqchi. Hozirda Xitoyda 1,3 mlrd kishi yashamoqda va oilada farzandlarga cheklovning bekor qilinishi qanchalik ta'sirchan ekanligini vaqt ko‘rsatadi. Busines Insider Xitoyda aholi qanchalik ko‘pligini ifodalovchi suratlarni taqdim etgan.
Talabalar Anxoy viloyatidagi Xefeyda aspiranturaga 3 kunlik imtihon oldidan o‘quv korpusiga kirish joyida. 2013 yilda bu imtihonga rekord miqdordagi odam – 1,8 mln kishi yozilgan.
Ichuandagi (Shensi viloyati) maktab o‘yin maydonida yuqori maktabga imtihon topshirish vaqtida. 2015 yilda imtihonda 1700 dan ko‘proq abituriyent ishtirok etgan va inshootda joy kamlik qilgani uchun imtihonlarni ko‘chada o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.
Uxandagi (Xubey viloyati) talabalar yotoqxonasida quritishga osilgan kirlar.
Talabalar ota-onalari Uxandagi universitet kampusi sport zali polida yupqa to‘shamalar ustida uxlashmoqda.
Ayol Pekin metrosi stansiyalaridan biri oldidagi veloturargohdan velosipedini olmoqda.
Olomon tig‘iz vaqtda Pekin metrosi eskalatori va zinapoyasi orqali stansiyaga tushmoqda.
Odamlar Xanchjoudagi yangi turar-joy majmuasidagi uylar arzon narxda sotilishini kutmoqdalar.
Xitoy kuz festivalining birinchi kunida Uxandagi temir yo‘l stansiyasidagi manzara.
Yo‘lovchilar platformalarga tushish uchun eskalatorlar tomon oshiqmoqdalar.
Yo‘lovchilar Xitoy tashkil etilganiga bag‘ishlangan bayram – Oltin haftaning ilk kunida Chjenchjou vokzaliga kirish uchun turibdilar.
Taksichilar Pekinning yangi xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutmoqdalar.
Quyi kurslar talabalari vakansiyalar yarmarkasida navbatga turibdilar. Chjenchjoudagi shu yarmarkani o‘ziga 50 ming kishi kelgan.
Minglab odamlar ish topish maqsadida Chuntsindagi vakansiyalar yarmarkasida pavilonlar bo‘ylab yuribdilar.
Harbiy politsiyaning mingdan ko‘proq xodimi Nankindagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
Odamlar Pekindagi ertalabki yarmarkada sabzavotlar xarid qilmoqdalar.
Odamlar Pekinda yelpig‘ich va qizil fonuslar bilan bezalgan daraxtlar qatorlari orasida Xitoy Yangi yiliga bag‘ishlangan festival vaqtida sayr qilib yurishibdi.
Dalyan plyajidagi tumanot odam.
Odamlar yoz jaziramasida Dain uyezdidagi kurortda “jon saqlamoqdalar”.
Yangi yil nishonlanishi vaqtida suv sepish an'anasi.
Odamlar Uxandagi Guyyuan buddaviy monastiri oldida Xitoy oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilning 5-kunida qurbonlik keltirish uchun turibdilar. Yuz millionlab odamlar monastir yarmarkalariga tashrif buyurib, bayramlar vaqtida mushakbozlik qiladilar.
Olomon Fuchuntszyan daryosidagi suv ko‘payishini kuzatish uchun navbatda turibdilar.
Shanxay markazidagi gavjum ko‘chalardan biri.
Pekinning bosh ko‘chalaridan biri tig‘iz vaqtda.
Mavzuga oid
18:28 / 25.10.2024
O‘zbekiston aholisi kuniga 2 ming kishiga oshmoqda
12:34 / 07.07.2024
Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda
13:09 / 23.01.2024
32 yilda 16 mlnga ko‘payish: aholi soni oshishi qaysi masalalarni dolzarblashtiradi?
19:51 / 24.04.2023