![](https://storage.kun.uz/source/3/dkNhBqBxvK-T-zoVvwWCdr1ZeidcJRae.jpg)
Foto: Kruz.uz
Islom Bahodirovich Begjanov Nukus tumani hokimining qishloq xo‘jaliklari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kruz tuman hokimligiga asosan xabar bermoqda.
I.Begjanov 1987 yil 5 iyunda Chimboy tumanida tug‘ilgan. 2010 yili Toshkent Agrar universiteti Nukus filialini bitirgan.
Shu kunga qadar don ekinlari tuxumgarchiligi Respublika markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.