Jahon | 00:40 / 16.04.2018
4531
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda iyundan dronlardan foydalanishga cheklovlar kiritiladi

Foto: AP Photo/Mark Schiefelbein

Xitoy hukumati boshqaruvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish qonun-qoidalari haqidagi qonunni tasdiqladi. Ushbu qonun 1 iyundan kuchga kiradi. 

Yangi qoidalarga ko‘ra, dronlar egalari ulardan foydalanish uchun maxsus litsenziya olishlari kerak bo‘ladi, aks holda drondan foydalanish qonunga xilof deb hisoblanadi. Shu bilan birga ular dronlardan foydalanish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar.

Bunday qaror mamlakatda dronlar sonining tez ko‘paygani tufayli qabul qilindi. Dronlar qo‘llanishi vaqtida deyarli nazorat qilinmagan. Qonun dronlar qo‘llanadigan turli sohalar, birinchi navbatda qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, elektr energetika, xaritashunoslik, ekologiyani muhofaza qilish sohalarini qamrab oladi. Bu qonun shuningdek OAV tomonidan tasvirga olish maqsadida qo‘llanuvchi qurilmalarga ham taalluqli bo‘ladi.

Xitoyda yangi qoidalar joriy qilinishi bilan dronga ega har bir kishining shaxsiy ma'lumotlarini kiritish bilan qayd qilish tizimi amal qila boshlaydi. Qoidalardan biriga ko‘ra, dronlarga sug‘urta rasmiylashtiriladi. Dronlardan mas'uliyatsiz foydalanganlik uchun litsenziya tortib olinadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid