Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Asad bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Suriya prezidenti Bashar Asad bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish niyatida emas. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli CBS telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz hech qachon Suriya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishmaymiz. Ular (Asad hukumati) AQShning muzokaralar olib borishiga arzimaydi”, deb aytgan Xeyli.
Xeylining aytishicha, “ular o‘z xalqiga nisbatan faqat zo‘ravonlik qo‘llaydi va o‘z davlatini barbod qilmoqda”. “Jyeneva jarayoniga kelsak, AQSh unda boshidan beri ishtirok etmoqda va keyin ham ishtirok etadi. Biroq biz Asad bilan birga-bir muzokaralar olib bormoqchi emasmiz”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh vakili.
Xeylining ta'kidlashicha, Suriyaga berilgan zarbalar Asadning tinch aholiga nisbatan qo‘llagan “tajovuzkor harakatlari” tufayli sodir etilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026