Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh B rejaga o‘tdi – Rossiya TIV
Foto: Yekaterina Chesnokova/RIA «Novosti»
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharq va Afrika shimolida «diplomatik o‘yinda» muvaffaqiyatsizlikka erishdi hamda xatti-harakatning yangi modeliga o‘tdi - «to‘xtovsiz qo‘rqitish va sanksiyalar». Bu haqda u «Rossiya 24» telekanali efirida aytib o‘tdi.
«Afsuski, AQSh biz bilan diplomatik o‘yin uchun imkoniyat topa olmay va Yaqin Sharq hamda Afrika shimolida ham o‘z diplomatik o‘yinida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, aftidan, B rejaga o‘tdi: to‘xtovsiz qo‘rqitish, sanksiyalarga», - deya aytib o‘tdi Zaxarova.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning bunday xatti-harakati – bu katta strategiyasining bir qismi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Yevropa davlatlaridan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar sonini eshitgach g‘azabga mingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:02
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38