Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘kinish. Ko‘p so‘kinish». Tramp Yevropa davlatlaridan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar sonini eshitgach g‘azabga mingan
Foto: REUTERS/David Becker
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlari Qo‘shma Shtatlarga qaraganda kamroq rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgani haqida eshitib, darg‘azab bo‘lgan. Bu haqda The Washington Post amerikalik nomi oshkor etilmagan manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp Yevropa mamlakatlari bilan birdam ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, biroq o‘ziga yetakchi rolni olmoqchi emas edi. U raqamlar bir-biriga yaqin bo‘lishini xohlagan. Amerika tomoni 60 nafar diplomatni chiqarib yuborgani, Fransiya va Germaniya esa 4 nafardan diplomatni chiqarib yuborayotgani ma'lum bo‘lgach, Tramp «portlagan». Ma'muriyat xodimlari Yevropa davlatlarini tark etgan diplomatlarning umumiy soni taxminan 60 nafar ekaniga e'tibor qaratishgan.
«Meni umumiy son qiziqtirmaydi!» - deya baqirgan Tramp.
Manba so‘zlariga ko‘ra, prezident ro‘y bergan voqea tufayli juda darg‘azab bo‘lgan va ko‘plab haqoratli so‘zlarni aytgan.
«U so‘kindi. Juda ko‘p so‘kindi», deydi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Ukraina prezidentiga mamlakatdan rossiyalik 13 diplomat chiqarib yuborilgani uchun minnatdorlik bildirib, bu harakat davlat rahbariyati kollektiv xavfsizlik manfaatlariga sodiq ekanidan darak berishini aytgandi.
Mavzuga oid
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025
B rejasi: Nega YeI Ukrainaga Rossiya zaxiralarini bermadi?
14:29 / 20.12.2025
Rossiya Yevropaning 11 mamlakati bilan harbiy shartnomalarni bekor qilmoqda
14:26 / 20.12.2025