Toshkent shahar IIBBda maxsus tergov majmuasi ochildi
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasida so‘roq jarayonini stenografiya usulida yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, audio va video qayd etish tizimi bilan jihozlangan maxsus majmua ochildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bergan.
Operator xonasi hamda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bevosita so‘roq qilinadigan boshqa xona o‘rtasida Gezella oynasi o‘rnatilgan. Yana bir xona esa bolalar o‘yin maydonchasi ko‘rinishida jihozlangan: bu yerda jinoyatdan jabrlangan yoki uning guvohi bo‘lgan voyaga yetmaganlar so‘roq qilinadi.
Maxsus xonalarning tashkil etilishi fuqarolarning, xususan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquq va erkinliklarini sudga qadar ish yurituvda himoya qilishni kuchaytiradi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish samaradorligini oshiradi. Gezella oynasi bilan o‘zaro bog‘langan maxsus xonalar gumon qilinuvchining jabrlanuvchi va guvohlar, jumladan, bolalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini chegaralagan holda so‘roq, shaxsni tanish va boshqa tergov harakatlarini olib borishga imkon yaratadi. Bu esa jinoyat protsessining voyaga yetmagan ishtirokchilarini qaytadan ruhan jarohatlamaslikda muhimdir.
Bu kabi maxsus xonalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli kafolatlarini ta'minlash, ularning sha'ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, tergov qilish jarayonida dalillarni to‘plash va mustahkamlashda dalillar maqbulligi talablariga og‘ishmay va qat'iy rioya qilish, shuningdek jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024