Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriyadagi amerikalik harbiylarni arablar bilan almashtirmoqchi – OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga murojaat qildi va mintaqaga Amerika harbiy kontingenti o‘rniga qo‘shin yuborish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Misr Umumiy razvedka xizmati rahbari general Abbos Kamol bilan muzokaralar o‘tkazib, Misr tomonining bu masalada yordam berishga tayyorligi bilan qiziqqan.
«Saudiya Arabistoni, Qatar, BAAga moliyaviy qo‘llab-quvvatlov taqdim etish, shuningdek yanada ko‘proq hissa qo‘shish borasida murojaat bilan chiqildi», - deya manbalardan birining so‘zlarini keltiradi nashr.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShning bunday harakatlari Trampda uyg‘ongan xavotirlar bilan bog‘liq. Trampga ko‘ra, Suriya armiyasi yoki mojaroda ishtirok etayotgan boshqa guruhlar, agarda amerikalik harbiylar mintaqani tark etsa, AQSh nazoratidagi hududlarni egallab olishi mumkin.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026