Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchixonasi "Grin Kard"dagi takroriy arizalar bo‘yicha ma'lumot berdi
Foto: uz.usembassy.gov
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Facebook’dagi sahifasida Grin Kard lotereyasidagi takroriy arizalar bo‘yicha ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» (Grin Kard) dasturi qoidalari barcha takroriy arizalarning diskvalifikatsiya qilinishini talab etadi. Agar siz dastur g‘olibi sifatida saralangan bo‘lsangiz va nomingizdan shu yilgi Grin Kard dasturi uchun birdan ortiq ariza topshirilgani aniqlansa, siz dasturdan diskvalifikatsiya qilinasiz.
«Kelajakda yana dasturda qatnashish huquqingiz saqlanib qoladi, biroq nomingizdan faqatgina bitta ariza topshirilishiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Har doimgidek, er-xotinlarning har biri o‘z nomidan alohida ariza topshirishi mumkin va arizaning tegishli punktida turmush o‘rtoqlarining ma'lumotlarini kiritishlari shart», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:30
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02